Главная » Qaysarginam 2” filmi may oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
(
Rejissor Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2” filmi may oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
May oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “Qaysarginam 2” dan keyingi o‘rinlarni Aziz Rametovning “Arslon izidan”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Akrom Shaxnazarovning “Hamroh”, Durdona To‘laganovaning “Yuzsiz” filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Mister Amerika yoxud Majruh 2”, “Ona qizim”, “Asragil” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.

22-may — 28-may oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov

2-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor – Aziz Rametov

3-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov

4-o‘rin. “Hamroh” (triller drama)
Rejissor — Akrom Shaxnazarov

5-o‘rin. “Yuzsiz” (drama)
Rejissor — Durdona To‘laganova
Просмотров (1039)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar