Главная » Qirg`iziston prezidenti matbuot xizmati Almazbek Atambaevning sog`lig`i to`g`risida axborot berdi
(

20 sentyabr kuni Qirg`iziston prezidenti matbuot xizmati Almazbek Atambaevning sog`lig`i yomonlashgani tufayli tibbiy ko`rikdan o`tish uchun qisqa muddatli ta`til olganini ma`lum qilgan edi. Hozirgi paytda Qirg`iziston Respublikasi prezidentining salomatligi qoniqarli ahvolda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Almazbek Atambaev ayni paytda Turkiyadagi klinikalardan birida davolanmoqda.

19 sentyabr, dushanba kuni Qirg`iziston prezidenti yuragidagi muammolar sabab Nyu-Yorkda o`tayotgan BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok eta olmasligi ma`lum bo`lgan edi.
Просмотров (120)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar