Главная » Qirol sher” multfilmi AQSh milliy boyligi deb tan olindi
(

“Qirol sher” multfilmi AQSh milliy boyligi deb tan olindi va Kongress kutubxonasida saqlanuvchi kartinalar ro‘yxatiga kiritildi. Bundan tashqari, ro‘yxatga 2016-yil hisobidan yana 24 ta lenta kiritildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Har yili kutubxona milliy ro‘yxatiga badiiy va madaniy qiymatga ega bo‘lgan 25 ta film kiritiladi. 2015-yil holatiga unda 675 ta kartina mavjud.

Ro‘yxat 2016-yil dekabr oyi oxirida yangi filmlar bilan boyitiladi: unga “Qirol sher” multfilmi, “‘Nonushta’ klubi” dramasi, Alfred Xichkokning “Qushlar” nomli trilleri, roud-muvi “Telma va Luiza”, 1903-yilda ishlab chiqarilgan “Amerikalik o‘t o‘chiruvchining hayoti” ovozsiz lentasi va boshqalar kiritiladi. Filmlarning to‘liq ro‘yxati AQSh Kongressi rasmiy saytida chop etilgan.

Otasini yo‘qotib qo‘ygan sher bolasi haqidagi dramatik multfilm 1994-yilda ekranlarga chiqqan.
Просмотров (195)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar