Главная » «Qish malika»sining foydalari
(

Ozmoqchimisiz? Marhamat, mandarin iste`mol qiling! U eng past kilokaloriyali mevalardan biri hisoblanadi. Tarkibidagi vitaminlar moddalar almashinuvini yaxshilab, yog`larni parchalaydi.
Mandarinlar oshqozon faoliyatini yaxshilovchi pektinlarga ham boydir. Bu shifobaxsh meva oshqozon xastaliklarining oldini oladi.
Kuniga 2-3 dona mandarin iste`mol qilsangiz, immunitetingiz mustahkamlanadi, viruslarni o`ldiradi, Shamollash chekinadi. Sharbati esa isitmani tushirish xususiyatiga ega. Gripp bezovta qilganda mandarin, mandarin sharbati va yog`lari juda foydali.
Ushbu sitrus meva tarkibida suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy hamda fosfor, yurak va buyrakka foydali kaliy mavjud. Temir moddasi esa atigi 0.3 mg.ni tashkil etadi. Shunga qaramay, meva temir moddasi tanqisligida tavsiya etiladi. Chunki tarkibidagi biologik aktiv moddalar kamqonlikni bartaraf etadi.
Tushkunlik sizni tark etmasa, mandarin mevasidan iste`mol qiling. Hidlash ham juda foydali. U kayfiyatni ko`tarib, kishiga xotirjamlik baxsh etadi.
Qandli diabetga chalinganlar 3 ta mandarin po`stini 1 litr suvda qaynatib ichishlari mumkin. U qondani qand miqdorini pasaytiradi.
Yarimta mandarin mevasini ezib, 1 dona tuxum sarig`i bilan aralashtiring-da, 1 osh qoshiq limon sharbati qo`shing. Keyin yuzlaringizga surtib, 15 daqiqa o`tgach, yuving.
Просмотров (103)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar