Главная » Qochoq yigitning sumkalari dunyo xonimlarini lol qoldirmoqda
(Qochoq yigitning sumkalari dunyo xonimlarini lol qoldirmoqda



Nidyerlandiya fuqarosi bo'lgan somalilik yigit Omar Muni oxirgi vaqtlarda butun dunyo moda olamida mashhur bo'lib ketdi. U xonimlar uchun sumka tikish biznesini yo'lga qo'ygan. Omar to'qqiz yoshida Nidyerlandiyaga qochib kelgan va shu yerda qolib ketgan.U dastlab qo'lda sumka tikishni boshlaydi va uni maktabdosh qizlarga sotadi. Asta-sekin o'z firmasini ochadi va hozirda Omar muni Clothing nomli butun boshli korxonasi bor.
Uning asosiy maqsadi butun dunyodan Еvropaga oqib kelayotgan qochoqlarni ish bilan ta'minlash. O'z sarmoyasi yordamida Nidyerlandiya hukumatiga qochoqlarni uy-joy bilan ta'minlashda ko'mak byermoqchi.

Men to'qqiz yoshimda Nidyerlandiyaga qochoq bo'lib kelgandim. O'shanda qish edi, sovuq edi. Bitta futbolka va shortida kelganman. Samolyot qo'nayotganda aeroportda ko'p, juda ko'p chiroqlarni ko'rdim. Bu chiroqlar menga umid bag'ishlagan edi»,- deydi Omar.
Uning ishlari shunchalik mashhur bo'lib ketdiki, AQShning eng mashhur ikki xonimi ‑ prezidentlikka nomzod Hillari Klinton va jurnalist Opra Uinfrilar unga buyurtma byerishgan. Natijada ko'plab san'atkorlar qochoqlarga yordam byerish haqida o'ylab qolishdi...
Просмотров (215)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar