Главная » Qozog`iston Prezidenti Shavkat Mirziyoevni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi
(

O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev o`rtasida Qozog`iston tomonining tashabbusi bilan 2016 yil 5 dekabr kuni telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi.

Qozog`iston rahbari Shavkat Mirziyoevni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabrikladi va davlat rahbari sifatidagi mas`uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot chog`ida tomonlar O`zbekiston – Qozog`iston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashdilar. Ikki mamlakatning turli vazirlik va idoralari o`rtasidagi aloqalarga, xo`jalik sub`ektlarining samarali hamkorligi, shuningdek, mintaqalararo aloqalar jadal rivojlanib borayotganiga alohida e`tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari o`zaro munosabatlarning barcha jihatlari va mintaqaviy hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Suhbat mamlakatlarimiz rahbarlariga xos samimiy va do`stona ruhda o`tdi.
Просмотров (104)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar