Главная » Qozog‘iston hukumati ijtimoiy tarmoqlarga kirish bilan bog‘liq muammolarni tushuntirib berdi
(

Qozog‘istonda mustaqillik bayrami kuni ijtimoiy tarmoqlarga kirishda kuzatilgan muammolar sababi texnik uzilishdir. Bu haqda axborot va kommunikatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Arsen Bektasov bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
Kecha aloqa operatorlari telekommunikatsiya tarmoqlarida avariyali uzilish ro‘y berdi”, — ma’lum qildi u.

Bektasov uzilish 17-dekabrga o‘tar kechasi tuzatilganini qo‘shimcha tarzda aytib o‘tdi.

Ilgariroq ma’lum qilinganidek, Qozog‘istonda 16-dekabr kuni YouTube, Facebook, Google, Instagram singari mashhur internet servislari ishlamay qoldi.
Просмотров (146)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar