Главная » Qozog‘iston matbuoti: O‘zbekiston so‘nggi pallada mamlakatimizdan o‘zib ketdi
(Rio—2016 Olimpiadasining so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, jami 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza bilan medallar reytingida bir kun avval egallab turgan 31-o‘rindan 21-pog‘onaga ko‘tarildi hamda mana shu o‘rinda turgan Qozog‘iston termasining bir o‘rin pastlashiga sababchi bo‘ldi.



Qozog‘iston matbuoti O‘zbekiston termasining Olimpiya o‘yinlari so‘nggi kunida Qozog‘iston terma jamoasini ortda qoldirib ketganiga alohida urg‘u berib o‘tdi.

“Rio Olimpiadasining so‘nggi kunida Qozog‘iston termasi 22-o‘ringa pastladi. So‘nggi pallada hisobida 13 ta medal, shulardan 4 tasi oltin bo‘lgan O‘zbekiston mamlakatimizdan o‘zib ketdi. Qozog‘istonda 1 ta oltin kamroq”, – deyiladi “Sports.kz” internet-nashrida.
O‘zbekiston Olimpiadaning so‘nggi kunida 2 ta oltin (va 2 ta bronza – “Daryo” izohi) medalni qo‘lga kiritdi. -52 kilogramm vazn toifasida Shahobiddin Zoirov ishonchli tarzda rossiyalik Misha Aloyanni, -64 kilogramm vazn toifasida esa Fazliddin G‘oibnazarov kelib chiqishi kubalik bo‘lgan Ozarbayjon vakili Lorenso Sotomayorni mag‘lubiyatga uchratib, Olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston uchun mana shu muhim g‘alabalar mamlakatning medallar reytingida o‘z o‘rnini sezilarli darajada o‘zgartirishiga zamin yaratdi”, – deyiladi “Inform.kz” saytida.
Rio–2016 Olimpiadasida 104 nafar sportchi bilan ishtirok etgan Qozog‘iston terma jamoasi jami 3 ta oltin, 5 ta kumush hamda 9 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, medallar reytingida 22-o‘rindan joy oldi.

Ma’lumot uchun, Rio–2016 Olimpiadasida 70 nafar sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qildi.
Просмотров (113)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar