Главная » Ra`no YaRAShEVA: “Bugungi saylov istiqbolga qo`yilgan yana bir ajoyib qadam bo`ladi”
(

Ra`no Yarasheva, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist:

—Men Olmazor tumanidagi Ahil mahallasida tashkil etilgan saylov uchastkasida yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun, yoshlarimizning kelajagi, ularning bandligini ta`minlashga chitroyli dastur bilan chiqib, shu maqsad yo`lida kamarbasta bo`ladigan nomzodga ovoz berdim. Bugungi saylovda ovoz berish uchun 9 yoshli G`ofurjon, 7 yoshli Zokirjon, bir yarim yoshli Saodatxon nevalarimni ham olib chiqdim. Hamma sharoitlar yaratilgan, ona va bola xonasida nevaralarim o`ynab o`tirishdi, men esa bemalol ovoz berib chiqdim. Ahil mahallamiz qo`mitasi raisi Bahodir Maqsidov boshchiligida mahalla faollari, qolversa, 85, 90 yoshli otaxon, onaxonlarimiz bayramona ruhda, yuzlarida xursandchilik bilan saylov uchastkalariga ovoz berish uchun kelishdi. Bu xalqimizning bugungi kundan xursandligi, kayfiyati chog`ligi, shukrona aytib turgani ifodasi, deb bilaman. Bugungi saylov natijasi xudo xohlasa albatta istiqbolga qo`yilgan yana bir ajoyib qadam bo`ladi, deb o`ylayman.
Просмотров (290)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar