Главная » Ramzan Qodirovning oilasida 12-farzand dunyoga keldi
(

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov 12-marta ota bo`ldi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” nashri xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, yangi tug`ilgan chaqaloqqa Abdulloh deb ism qo`yilgan. Bu ism arab tilidan tarjima qilinganda “Ollohning quli” degan ma`noni anglatadi.

Bu Checheniston rahbarining to`rtinchi o`g`li. Ramzan Qodirov maktab davridan tanish bo`lgan Medni Aydamirovaga uylangan. Ularning uch nafar o`g`illari bor: Ahmad, Zelimxon va Adam. Shuningdek Ramzan Qodirovning olti nafar qiz farzandlari bor: Ayshat, Xutmat, Xadijat, Tabarik, Ashura, Karina.

Qodirovlar oilasi 2007-yilda oilasi yuz o`girgan ikki nafar o`g`il bolani asrab olgan.
Просмотров (58)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar