Главная » Rasman: Pensionerlarning metropolitendan bepul foydalanishlari haqida Qaror tayyorlanmoqda
(

O`zbekistonda pensionerlarga Toshkent metrosida bepul yurish huquqini beradigan Vazirlar Mahkamasining Qarori tayyorlanmoqda.

Bu haqda “Darakchi plyus” gazetasi “Toshkent metropoliteni” DUKga yuborgan so`rovidan javob topdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent shahar saylovchilari bilan saylvoldi uchrashuvida keksa avlodni ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e`tibor qaratgan edi, xususan, uchrashuvda pensionerlarga soat 10:00 dan 16:00 ga qadar metropolitendan bepul foydalanish huquqi berilishi aytib o`tilgandi.

Oldinga qo`yilgan mazkur masalani echish uchun Toshkent shahar hokimligi hamda mutasaddi vazirliklar tomonidan tegishli qaror tayyorlanmoqda, deydi“Toshkent metropoliteni” DUK vakili.
Просмотров (247)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar