Главная » “Real” azaliy raqibi “Barselona” rekordini yangiladi
(

Madridning "Real" jamoasi Ispaniya Kubogi nimchorak final javob o`yinida "Sevilya" bilan 3:3 hisobida jangovar durang qayd etib, mag`lubiyatsiz seriyasini 40 o`yinga etkazdi.

Qayd etish kerakki, uchrashuvning 83-daqiqasida Madrid klubi 1:3 hisobida ortda borayotgandi. Ammo Ramosning penaltidan urgan goli va Benzemaning so`nggi daqiqalardagi aniq zarbasi “Real”ni mag`lubiyatdan saqlab qolgandi.

Shu tariqa, madridliklar yangi rekord o`rnatib, "Barselona" tomonidan o`rnatilgan 39 o`yindan iborat mag`lubiyatsiz seriyani yangiladi.

"Real" so`nggi bor 2016 yilning 6 aprelida EChL pley off bosqichida "Volfsburg"dan 0:2 hisobida engilgandi. Zinedin Zidan shogirdlari shundan buyon 30 ta g`alaba va 10 ta durang qayd etishga muvaffaq bo`ldi.
Просмотров (217)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar