Главная » Rejissor Fayzirahmon Usmonovning “Ishq” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
(

Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda rejissor Fayzirahmon Usmonovning “Ishq” nomli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kinorama.uz” xabar bermoqda.

Taqdimotga kino va musiqa olamining mashhur vakillari, jumladan, reper Shahriyor, Sherzodbek, Jamila G‘ofurova, Habibulla Nizomov va boshqalar tashrif buyurdi.

Premerani “Imkon-shou” teleloyihasi bilan mashhur bo‘lgan boshlovchi Ahror Qo‘shmatov olib bordi. “Film rejissorning kinodagi debyuti bo‘lishiga qaramay, muxlislar tomonidan yaxshi kutib olindi”, — deb yozadi “Kinorama.uz”.

“Ishq” filmi 2-noyabrdan O‘zbekiston kinoteatrlarida namoyish etilmoqda.
Просмотров (57)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar