Главная » Reytingi baland ayol xonandalar klipida suratga tushish bo‘yicha yetakchi Yigitali endi Munisa Rizayevaning klipida o‘ynadi
(

Aktyor Yigitali Mamajonov Munisa Rizayevaning yangi — “Sensiz” qo‘shig‘iga ishlangan klipda ham suratga tushmoqda, deb yozdi “Sayyod.com”. Klip xonanda Ruhshonaning turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov tomonidan suratga olinayotgani qayd etilgan.
“Sensiz” qo‘shig‘i muallifi Dilnoza Mirzaxojiyeva ekani aytilgan. U bunga qadar Munisa Rizayeva ijro etgan “Qaylarda” qo‘shig‘ining ham muallifi hisoblanadi.
“Bu yoqda Yigitali kaltak yeb, o‘lay deb dodlayapti-yu, Munisa daraxtalrga chirmashib, qo‘shiq kuylab baqiradi. Botanika bog‘idagi jami qarg‘alar ikkisiga jo‘r bo‘lib, rosa qag‘illadi”, — deb yozilgan “Sayyod.com” matnida.
Просмотров (79)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar