Главная » Rio-2016 kundaligi. Ohirgi kunda olingan medallar va yakuniy reyting
(Rio-de-Janeyro olimpiadasi yakunlandi.O'zbekiston delegatsiyasi olimpiadaning ohirgi kunida 2ta oltin va 2ta bronza medalga ega bo'ldi va jami medallari sonini 13taga Yetkazib (4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza), umumiy reytingda 21-o'rinni egalladi.



Olimpiada 5 avgust kuni start olgandi, asosiy musobaqalar Rio-de-Janeyro shahrida kechdi, faqat futbol bo'yicha o'yinlar turli shaharlarda o'tkazildi.Bu ilk marta Janubiy Amerika qit`asining Olimpiadaga mezbonlik qilishi bo'ldi. Bu shuningdek 1968 yildagi Mehiko Olimpiadasidan keyin Lotin Amerikasi mamlakatida ilk marta Olimpiya o'yinlari o'tkazilishi bo'ldi.Olimpiadada 306ta medallar shodasi o'ynaldi, ishtirokchi delegatsiyalar soni bo'yicha rekord natija qayd etildi - 206. Kosovo va Janubiy Sudan terma jamoalari ilk marta Olimpiada ishtirokchisi bo'lishdi.



Birinchi o'rinni birinchi kunlardanoq reytingning eng yuqori o'rnida joylashgan amerikaliklar egalladi.Umumiy reytingning kuchli o'ntaligi esa quyidagicha ko'rinish oldi:
Rio-2016, medallar hisobi (jami-oltin-kumush-bronza)1. AQSh – 121 (46-37-38)
2. Buyuk Britaniya – 67 (27-23-17)
3. Hitoy – 70 (26-18-26)
4. Rossiya – 56 (19-18-19)
5. Germaniya – 42 (17-10-15)
6. Yaponiya – 41 (12-8-21)
7. Frantsiya – 42 (10-18-14)
8. Janubiy Koreya – 21 (9-3-9)
9. Italiya – 28 (8-12-8)
10. Avstraliya – 29 (8-11-10)





Просмотров (244)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar