Главная » Rio–2016. O`zbekiston Paralimpiadada medallar jamg`arish bo`yicha dunyoda 9-o`rinda bormoqda
(Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining beshinchi kuni o`z nihoyasiga etdi. To`rt yillikning nufuzli turniri beshinchi kunida suzish bahslarida ishtirok etgan Dmitriy Xorlin hamda pauerlifting bellashuvlarida qatnashgan Ahror Bozorov bronza sazovor bo`lib, ushbu toifadagi medallar sonini 13 taga etkazishdi.



O`zbekiston delegasiyasi hisobida, shuningdek, 6 ta oltin va 4 ta kumush medali bor. Jami 23 ta medal jamg`argan hamyurtlarimiz medallar reytingida 9-o`rinda borishmoqda. Ushbu ko`rsatkich Osiyo va MDH mamlakatlari ichida Xitoy va Ukrainadan keyingi ikkinchi o`rinni qayd etgan.

Xitoy terma jamoasi 118 ta (50-40-28) medal bilan hamon peshqadamlikni saqlab turibdi. Ikkinchi o`rinda 63 ta (28-16-19) medal bilan Buyuk Britaniya terma jamoasi bormoqda. Kuchli uchlikka 61 ta (22-19-20) medal bilan Ukraina yakun yasadi.
Просмотров (153)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar