Главная » Rio–2016. O`zbekiston termasi 24 ta medal bilan medallar reytingida 11-o`rinda
(Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining oltinchi kuni o`z nihoyasiga etdi. Musobaqaning oltinchi kunida o`zbekistonlik estafetachilar bronza medalini qo`lga kiritib, ushbu toifadagi medallar sonini 14 taga etkazishdi.



O`zbekiston delegasiyasi hisobida, shuningdek, 6 ta oltin va 4 ta kumush medali bor. Jami 24 ta medal jamg`argan o`zbekistonlik sportchilar medallar reytingida 11-o`rinda borishmoqda. Ushbu ko`rsatkich Osiyo va MDH mamlakatlari ichida Xitoy va Ukrainadan keyingi ikkinchi o`rinni qayd etgan.



Xitoy terma jamoasi 147 ta (63-51-33) medal bilan hamon peshqadamlikni saqlab turibdi. Ikkinchi o`rinda 75 ta (34-18-23) medal bilan Buyuk Britaniya terma jamoasi bormoqda. Kuchli uchlikka 72 ta (27-21-24) medal bilan Ukraina yakun yasadi.
Просмотров (160)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar