Главная » Rio–2016. O‘zbekiston termasi 1-kundan so‘ng Paralimpiya medallar reytingida 3-o‘rinda
(Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlarining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini ko‘lga kiritib, medallar reytingida 3-o‘rinni egalladi.
Mazkur reytingni Xitoy terma jamoasi boshqarmoqda. Ular hisobida 7 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza mavjud. Hisobida 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medali bo‘lgan Buyuk Britaniya 2-pog‘onada bormoqda.



O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasining 32 nafar sportchisi 5ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qilyapti. Paralimpiyachilarimizning parvozi davom etmoqda. Suzish bo'yicha terma jamoamiz azolari musobaqaning ilk kuniyoq paralimpiyachilarimiz g'aznasiga 4ta medalni taqdim etishdi. Kiril Pankov 100 metr masofaga batterflyay usulida o'tkazilgan bahslarda kumush medalni qo'lga kiritdi. Muzaffar Tursunxo'jaev esa bronza medali bilan taqdirlandi. Xuddi shu masofaga ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada vakilamiz Muslima Odilova ham Paralimpiya o'yinlari vice-chempioniga aylandi. Bronza medali esa yana bir sportchimiz Fotimaxon Amilovaga nasib etdi.

Quvonarlisi, erkaklar o'rtasidagi 60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz SHerzod Namozov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Paralimpiya o'yinlari chempioniga aylandi. SHu kungacha bizda Paralimpiya chempioni yo'q edi. Namozov finalga qadar urugvaylik Xenri Borges, ozarbayjonlik Ramin Ibrohimovni mag'lubiyatga uchratdi. Oltin medal uchun kechgan bahsda esa dyuzdo vatani hisoblangan Yaponiya terma jamoasi azosi Makoto Xirosedan ustun keldi va shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Terma jamoamiz g'aznasiga ikkinchi medalni yana bir dzyudochimiz Sevinch Salaeva taqdim etdi. 52 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Xorazm dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi bronza medalini qo'lga kiritdi. Yarim finalda germaniyalik raqibasiga yutqazib qo'ygan Sevinch bronza medali uchun kechgan bahsda kanadalik Priskilla Gagneni mag'lubiyatga uchratdi.

Husniddin Norbekov terma jamoamiz hisobiga uchinchi oltin medalni taqdim etdi. Engil atletikaning disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz jahon rekordi evaziga oltin medalni qo'lga kiritdi. U diskni 59 metru 75 santimetr masofaga uloqtirib, jahon rekordini yangiladi. Kumush medal sohibiga aylangan litvalik Mindaugas Bilius 53 metru 50 santimetr natija qayd etdi. Bronza medal egasi xitoylik Dong Xia esa diskni 52 metru 15 santimetr masofaga uloqtirdi.

Quyida 1-kundan so‘ng medallar reytingining kuchli o‘nligidan joy olgan jamoalar bilan tanishing.

Просмотров (144)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar