Главная » Rio-2016: Olimpiada ochilish marosimi yakunlandi
(Olimpiada mash’alasi yoqilishi bilan ochilish marosimiga ham yakun yasaldi. Qadrli do‘stlar, Rio Olimpiadasi haqida eng so‘nggi yangiliklarni bizning saytimizda kuzatib boring







Diyorbek O‘rozboyev (-60 kg) Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadigan musobaqada qatnashadi. Uning birinchi davradagi raqibi avstraliyalik Joshua Kats bo‘ladi. Akademik eshkak eshishda Shahboz Xolmirzayev saralashda ishtirok etadi. Vakilimiz uchinchi guruh vakillari orasida uchinchi tartib raqami ostida startga chiqadi.



Vladislav Mustafin 100 metrga brass usulda suzish yo‘nilishida o‘z omadini sinab ko‘radi. Mustafin 3-guruh vakillari orasida 1-yo‘lakda suzadi. Bokschilarimizdan Xurshid Tojiboyevning (-60 kg) qatarlik Xakan Eresker bilan janggi ham bugungi kun dasturidan o‘rin olgan. Stol tennischimiz Zohid Kenjayev chexiyalik Lyubomir Yancharikka qarshi bahsni Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlaydi.
Просмотров (315)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar