Главная » Rio–2016 qahramonlari faxriy unvonlar va ordenlar bilan mukofotlanadi
(Rio Olimpiadasida katta muvaffaqiyat qozongan bir qator o‘zbekistonlik sportchilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan mukofotlanadi. Bu “O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida aks etdi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.
Jumladan, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari G‘oibnazarov Fazliddin Hasanboyevich, G‘iyosov Shaxram Jamshidovich, Do‘smatov Hasanboy Ma’rufjon o‘g‘li, Zoirov Shahobiddin Shokirovich, Meliqo‘ziyev Bektemir Ro‘zmatjon o‘g‘li “O‘zbekiston iftixori”, og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Nurudinov Ruslan Shamilevich va dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sobirov Rishod Rashidovich “El-yurt hurmati”, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Ahmadaliyev Murodjon Qahhor o‘g‘li va To‘laganov Rustam To‘lqin o‘g‘li, erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Ibragimov Magomed Idrisovich va Navro‘zov Ixtiyor Karimovich, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi O‘rozboyev Diyorbek Baxtiyor o‘g‘li “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Tasmuradov Yelmurat Zulipxar-uli “Mehnat shuhrati” unvon va ordenlari bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.
Просмотров (163)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar