Главная » Rio Olimpiadasi ochilish marosimida 40 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi
(Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida 40 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.



Faxriy mehmonlar ro‘yxatida Fransiya prezidenti Fransua Olland, Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni, Argentina, Kolumbiya va Paragvay prezidentlari Maurisio Makri, Xuan Manuel Santos, Orasio Kartes qayd etilgan. Shuningdek, marosimda 55 nafar sport vaziri qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Janubiy Amerikadagi ilk Olimpiadaning ochilish marosimi 5-avgust kuni salkam 80 ming muxlisni sig‘diradigan “Marakana” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Просмотров (165)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar