Главная » Rossiyalik qiz “Dunyodagi eng chiroyli chehra” sohibasi deb topildi
(

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida yashovchi Alyona Raeva Mongoliyada o`tkazilgan “Dunyodagi eng chiroyli chehra” tanlovi g`olibasi bo`ldi. Bu haqda “Lenta” xabar bermoqda.

Mazkur tanlovda Evropa, Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlaridan 60 nafar qiz ishtirok etdi. Finalda tanlov ishtirokchilari to`y liboslarida, milliy kiyimlarda chiqish qilishdi va hakamlar hay`ati bilan suhbat o`tkazishdi.

“Juda ko`p sovg`alar berishdi. Biroq ular orasidan eng yoqqani mongoliyalik rassomning chizgan surati bo`ldi. Va albatta pul mukofoti ham menga yoqdi”, — deydi tanlov g`olibasi.

Tanlovning birinchi o`rnini Zambiya, ikkinchi o`rnini Filippin, uchinchi o`rnini Mongoliya vakilasi zabt etdi.

G`olib uchun pul mukofoti miqdoriga aniqlik kiritilmagan. Tanlov g`olibi yil davomida hayriya tadbirlarida ishtirok etadi.
Просмотров (141)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar