Главная » Rossiyalik xonanda Stas Mixaylov JCh–2018 madhiyasini kuylash orqali Shakira, Jennifer Lopes va Riki Martin qatoridan joy olishi mumkin
(

Rossiyalik xonanda Stas Mixaylov unga futbol bo‘yicha JCh–2018 turniri madhiyasigi kuylash taqdim etilsa, bunga qarshi chiqmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
47 yoshli Mixaylov JCh–2018 madhiyasini kuylash orqali o‘z vaqtida avvalgi jahon chempionatlari madhiyasini ijro etgan Shakira, Jennifer Lopes, Pitbul va Riki Martin kabi taniqli xonandalar qatoridan joy olishi mumkin.

“Jahon chempionati madhiyasini kuylash taklif qilinsa, rozi bo‘laman. Hozircha hech kim meni chaqirmadi”, – dedi Stas Mixaylov.

Ma’lumot uchun, jahon chempionati 2018-yilning 14-iyunidan 15-iyuliga qadar, Rossiyaning 11 shahri – Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Volgograd, Rostov-Don, Samara, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Saransk va Sochida joylashgan 12 stadionda bo‘lib o‘tadi.
Просмотров (54)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar