Главная » Rossiyaning Tula viloyatidagi omborxona tomi qulab tushishi oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
(

10-fevral, juma kuni Toshkent vaqti bilan 18:05 da Tula viloyati, Chernsk tumani, Popovka qishlog‘idagi “Maksim Gorkiy” nomli MChJ omborxonasining tom qismi qulab tushdi. Bu haqda Rossiya FVV ma’lumotlariga tayanib, O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Falokat oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘ldi. Ular 1992-yilda tug‘ilgan Oybek Iskandarov, Xurshid Qurbonov va Hasanboy Ro‘zimetovdir.

Hozirda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan halok bo‘lganlarning oila a’zolariga zarur yordam berish choralari ko‘rilmoqda.
Просмотров (214)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar