Главная » Ruhshona: “Turmush o`rtog`im tushkunlikdan chiqishimga yordam beradi"
(Xonanda Ruhshona “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo`nda” loyihasida ishtirok etdi.



“Ko`proq sokin taronalarni tinglashni yaxshi ko`raman. Musiqa tinglay turib, yangi g`oyalar o`ylab topishim mumkin. Chet el xonandasi Stingning ijodiga befarq emasman. O`zimiznikilardan esa Sevara Nazarxonning qo`shiqlarini yaxshi ko`rib tinglayman”,—deydi xonanda sevimli musiqasi haqida gapirar ekan.

Shuningdek, Ruhshona tushkunlikdan chiqish usullari haqida shunday deydi:

“Insonni tushkunlikdan faqat yaqin insonlari qutqarib qolishi mumkin. Menda shunday vaziyat bo`lsa, turmush o`rtog`im “men senga ishonaman! Qo`lingdan hamma narsa keladi” deb qo`llab-quvvatlab turadi. Shuning uchun bo`lsa kerak, nima ish boshlamay avval ular bilan maslahatlashishga o`rganib qolganman. Hatto studiyada qo`shiq yozayotganimda ham yonimda bo`lishlari kerak. Shunda o`zimga bo`lgan ishonchim yanada oshadi”.
Просмотров (135)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar