Главная » Ruslan Chagaev WBA kamaridan mahrum etildi
(O'zbekistonlik bokschi Ruslan Chagaev Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) vyersiyasi bo'yicha muntazam chempionlik kamaridan mahrum bo'ldi. Boxing Scene tarqatgan xabarga ko'ra, u tashkilotning titulni himoya qilish bo'yicha talablarini bajarmagan.



WBA Braunni chempionlik kamaridan mahrum etib, 6 oyga diskvalifikatsiya qilgach, Chagaevga puerto-rikolik da'vogar Fres Okendo bilan himoya jangi o'tkazish bo'yicha muzokaralar uchun 120 kun muhlat byergandi. Tashkilot Chagaevning vakillari shu vaqtgacha muzokaralarni boshlamagani uchun shunday qaror chiqargan. Eslatib otamiz, Ruslan Chagaev va Lukas Braun o'rtasidagi chempionlik jangi 5 mart kuni Grozniy shahrida o'tkazilgandi. Unda o'zbekistonlik bokschi raqibiga 10-raundda texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgandi.May oyida avstraliyalik 37 yoshli Lukas Braunning doping uchun topshirgan takroriy test namunalarida taqiqlangan klenbutyerol moddasi borligi aniqlandi va u chempionlik kamaridan mahrum etilib, uning kamari Chagaevga qaytarildi.
Просмотров (140)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar