Главная » “Salom yangi hayot”. Sevinch Mo`minova internet bilan xayrlashdi
(Xonanda Sevinch Mo`minova internetdan foydalanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi.



“Aziz muxlislarim, mehribonlarim, sizlar bilan Instagram`dan xayrlashaman, bugun oxirgi kirishim. Sizlar bilan yaxshi kunlarda ko`rishamiz. Unutmang, sizni yaxshi ko`raman! Xayr, Instagram,xayr internet! Salom yangi hayot!”,— deb yozib qoldirdi xonanda o`zining shaxsiy sahifasida.

Xonanda nima sababdan internetdan va Instagram`dan foydalanmaslikka qaror qilganiga oydinlik kiritmagan.

Sevinchning muxlislari xonandaning bu qarorini qo`llab-quvvatlagan.

“To`g`ri qilasiz internetga kamroq vaqt ajratsangiz, ko`proq vaqtingizni qizingiz bilan o`tkazasiz”,— deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri.
Просмотров (153)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar