Главная » Samvel Babayan: Bizning har bir o`yindagi maqsadimiz bitta – g`alaba qozonish
(

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi O`zbekiston va Xitoy uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, o`yin oldi fikrlari bilan o`rtoqlashdi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

“Ertaga muhim o`yin bo`ladi. Xitoyni etarli darajada o`rganib chiqdik. Tarkibida ajoyib futbolchilarga ega jamoa. Xitoy Superligasida ham yulduzlar o`ynamoqda va chempionati ham ancha kuchayib bormoqda. Bu o`yinga yaxshi tayyorgarlik ko`rdik. Ertaga eng yaxshi o`yinimizni ko`rsatib g`alaba qozonishga harakat qilamiz.

“Rashidov, To`xtaxo`jaev va Sergeev? Ularning barchasi ham o`z ishining ustasi. Ular terma jamoada o`ynashga haqli ekanliklarini isbotlab bo`lishgan. Ularda xato va kamchiliklar bo`layotgani rost, lekin bu bilan ularning oldingi qilgan ishlarini unutish to`g`ri emas”.

“Terma jamoada har doim ham yangi narsalarni o`rgatib bo`lmaydi. Sababi terma jamoalar uchun juda kam vaqt ajratiladi. Bilasizmi, dastlabki uchta o`yinda biz to`liq optimal tarkibda o`ynay olmadik. Agar eng kuchlilarni tushira olganimizda haqiqiy kuchimizni ko`rardinglar. Har safar kimdadir qandaydir muammo paydo bo`laverdi”.

“Bizning har bir o`yindagi maqsadimiz bitta: G`alaba qozonish. Ertaga ham bu maqsadimiz o`zgarmaydi. Bu bosqichdagi har bir jamoa g`alaba uchun maydonga tushishadi. Xitoy tezkor, yaxshi tashkil etilgan, texnik tomonlama kuchli futbolchilarga ega. Juda agressiv futbol ko`rsatishadi”, deydi Samvel Babayan.
Просмотров (32)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar