Главная » Samvel Babayan: Futbolchilarning bokschilardan qayeri kam?!
(Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan JCh—2018 3-saralash bosqichi doirasidagi Suriyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi, deb yozdi “Championat.asia”.



Jurnalistlardan biri Babayandan 30-avgust kuni Milliy Olimpiya Qo‘mitasida bo‘lgan Mirabror Usmonov bilan uchrashuvda qanday masala ko‘tarilgani haqida so‘ragan. Bunga bosh murabbiy quyidagicha javob qaytardi:

“Bu biz uchun juda muhim uchrashuv bo‘ldi. Mirabror Usmonov bizga omad tilab, Olimpiada o‘yinlarida bokschilarimizning ajoyib natijalarini misol qilib keltirdilar”.

Samvel Babayan javob so‘nggida futbolchilarning bokschilardan qayeri kamligi borasidagi savolni ritorik ko‘rinishda bergan: — “Bokschilardan futbolchilarning qayeri kam?! Shu bois bayramni davom ettirishga urinamiz”, — degan milliy terma jamoa bosh murabbiyi.

Suriya termasiga qarshi o‘yin ertaga — 1-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 20:00 da start oladi.
Просмотров (227)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar