Главная » Samvel Babayan "Krasnodar" – "Orenburg" o`yinini stadiondan kuzatdi
(

O`zbekiston milliy terma jamaosi bosh murabbiyi Samvel Babayan Rossiya kubogi doirasidagi "Krasnodar" - "Orenburg" o`yinini stadiondan kuzatib bordi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

27 oktyabr kuni o`tkazilgan ushbu uchrashuvda Samvel Babayan O`zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov hamda terma jamoaga nomzod bo`lgan Vadim Afoninning o`yinini ko`zdan kechirdi.

Ushbu o`yin 3:2 hisobida "Krasnodar"ning g`alabasi bilan yakunlandi. "Krasnodar" gollariga Grankvist (57, 100) hamda Izmailov (67) mualliflik qilgan bo`lsa, "Orenburg" gollarini Breev (55) va Oyevol (59) urgan.
Просмотров (78)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar