Главная » Santa Klausning eng zo‘r avtomobillari
(

Motor nashri Santa Klausning turli joylarda — qorli tog‘ yo‘lidan tortib, Oy sathida harakatlanishigacha imkon beradigan konseptlarning suratlarini bir sahifaga jamladi.

Tog‘lar: Porsche 959

Tog‘li hududlarda harakatlanish uchun Santa zanjir tasmali Porsche’dan foydalanishi mumkin bo‘lardi. Ralli uchun yaratilgan Porsche’ning 959 modeli Santa mashinasi uchun asos vazifasini o‘tadi.

Cho‘l hududi: Lamborghini Huracan

Cho‘llarda harakatlinish uchun Santaga Lamborghini Huracan taklif qilinishi mumkin. Avtomobil yo‘ltanlamas g‘ildiraklar va xavfsizlik karkasi bilan jihozlangan bo‘ladi.

Shahar: Nissan GT-R (R34)

Shaharda harakatlanish uchun Santa Klaus Nissan Skyline GT-R (R34) avtomobilidan foydalanishi mumkin bo‘lardi. Yuqoridagi variantlar singari ushbu mashinada ham sovg‘alarni tomda tashishga to‘g‘ri keladi.

Okean: Ford GT40

Suvda harakatlanish uchun Yangi yil qahramoniga Ford GT40 asos qilib olingan kema ko‘zda tutilgan.

Daryo: Ferrari F40

Santa uchun yana bir suv transporti – eski dizayndagi Ferrari F40. Sovg‘alarni joylashtirishda yana muammoga duch kelindi.

Afrika tekisliklari: Jeep Wrangler

Afrika tekisliklari uchun Santa Klausga tirkamali tezkor Wrangler taklif qilish mumkin. Sovg‘alarni tashish borasida muammo bo‘lmaydi.

Laplandiya: Shelby Cobra

Laplandiyaning qorli yo‘llarida Santaga orqa g‘ildiraklari o‘rniga zanjirli tasma, old g‘ildiraklari o‘rniga chang‘i o‘rnatilgan Shelby Cobra taklif qilindi.

Tropik o‘rmon: Audi Quattro S1

Santa uchun yana bitta maxsus mashina – rallining “B” guruhida ishtirok etuvchi Audi Quattro S1.

Angliyadagi shaharcha: Jaguar E-Type

Angliyadagi shaharchalardan birida Santa tyuning qilingan Jaguar E-Type’da harakatlanishi mumkin.

Oy: BMW i8

Santa oyga borishi kerak bo‘lib qolsa, buning uchun ikki eshikli BMW i8 asosida ishlangan kosmik kema taklif qilindi.
Просмотров (201)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar