Главная » Sardor Rahimxon 7 yil davom etgan tanaffusdan so‘ng davlat tadbirida ishtirok etdi
(

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Nihol-2006” mukofoti sovrindori Sardor Rahimxon 7 yil davom etgan uzoq tanaffusdan so‘ng davlat rasmiy tadbirida chiqish qildi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.
Xonanda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida “Faridam” qo‘shig‘i bilan ishtirok etdi. TV va radiokanallarda yangi qo‘shiqlari muntazam ravishda yangrab turgan, yangi kliplari esa tez-tez namoyish etilganiga qaramay, Sardor Rahimxon davlat tadbirlarida ko‘rinish bermay qo‘ygan edi. San’atkor o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga bayram dasturidagi chiqishi aks etgan videoni joylashtirib, xursandchiligini muxlislari bilan baham ko‘rdi.

Allohim o‘zingga shukur! Rahmatli otajonim ruhlari shod bugun!

Sardor Rahimxon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Просмотров (403)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar