Главная » Saylovda muddatidan oldin ovoz beruvchilar keskin ortmoqda
(

Avvalroq, 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining muddatidan oldin ovoz berish boshlangani, 24 noyabrdan start olgan jarayonda 28 noyabrga qadar 41724 kishi ovoz bergani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, bu yilgi saylov o‘tgan galdagilardan butkul farq qilmoqda. O‘tgan galgi Prezident saylovida muddatidan avval ovoz berganlar umumiy hisobda 20 ming kishini tashkil etgan edi. Bu yil esa ular soni keskin ortib bormoqda. Bu ham bo‘lsa saylovchilarning huquqiy madaniyati o‘sganidan dalolat.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun muddatidan avval ovoz berganlar 29 noyabr holatiga ko‘ra jami 53 501 kishini tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ma’lum sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmaydigan fuqarolar 2 dekabrga qadar o‘z saylov uchastkalariga saylovda ishtirok eta olmaslik sabablarini keltirgan holda yozma ariza bilan murojaat qilishlari va muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin.
Просмотров (60)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar