Главная » Schiaparelli moduli Mars yuzasiga qo‘nish chog‘ida halokatga uchradi
(

Yevropa va Rossiyaning ExoMars missiyasi tarkibiy qismi bo‘lgan Schiaparelli moduli Mars yuzasiga qo‘nish chog‘ida halokatga uchradi. Bu haqda Yevropa koinot agentligi (ESA) vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Agentlik ikki sutka davomida muvaffaqiyatsiz ravishda aloqa bog‘lashga uringan qurilma halokatga uchragani AQShning MRO (Mars Reconnaissance Orbiter) sun’iy yo‘ldoshi fotosurati yordamida aniqlandi.

“Modul Mars yuzasiga quladi. Qurilma sayyora yuzasiga taxmin qilinganidan yuqori tezlikda yetib borgan”, — deya izoh berdi agentlikning Schiaparelli qo‘nishi dasturi rahbari Tyerri Blankar.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Schiaparelli moduli Qizil sayyoraga qo‘ngani taxmin qilingan va mutaxassislar qurilmadan signal kelishini kutayotgandi.
Просмотров (70)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar