Главная » Selfisida yig`ishtirilmagan xona ko`rinib qolgan qiz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kulgusiga qoldi
(

Agar biror joyga otlansak, bisotimizdagi eng zo`r libosni kiyishga harakat qilamiz, deydi “Lemurov.net” nashri.

Kiyinib bo`lgach, bu go`zalligimizni butun olamga namoyish qilgimiz keladi. Ba`zida o`ziga mahliyo bo`lgan odam atrofidagi narsalarga e`tibor bermay, xatoga yo`l qo`yadi.

Selfiga tushib, o`ziga mahliyo bo`lgan qiz xona bo`ylab sochilib yotgan kiyimlarga, ichimliklarga, oziq-ovqat mahsulotlariga e`tibor bermadi, natijada uning xonasidagi tartibsizlikni butun dunyo tomosha qildi va buni foydalanuvchilar “Haqiqiy halokat” deb izohladi.

Tabiiyki, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining birortasi mazkur holatni qo`llab-quvvatlamadi. Ular go`zal bo`lsa-da, ammo uyida betartiblik hukm surgan qizning chiroyliligi ham sezilmaydi, deb hisoblashdi.

Ikki hafta mobaynida Alisaning selfisi umumiy hisobda 4000 marotaba bo`lishildi va 8000 ta “yoqadi”ga sazovor bo`ldi. Qiz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining negativ izohlarini yuragiga yaqin olmadi, kelajakda saranjom-sarishta xonada suratga tushishga qaror qildi.
Просмотров (637)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar