Главная » Sergeli tumanida yangi tug‘ilgan chaqaloq sumka ichida podyezdga tashlab ketildi
(

Toshkentning Sergeli tumani Do‘stlik mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birining podyezdida tashlab ketilgan sumka ichida yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi. Uning dunyoga kelganiga bir hafta ham bo‘lmagan edi, deb xabar qiladi “Novosti Uzbekistana”.
29-noyabr, seshanba kuni birinchi qavatdagi qafasda turgan itlar bolani birinchi bo‘lib payqab, hura boshladi. Jonivorlarning xo‘jayinlari va ularning qo‘shnilari tashqariga chiqib, qora rangdagi sport sumkasini ko‘rdi. Chaqiruv bo‘yicha voqea joyiga yetib kelgan mahalla rasmiylari ishtirokida sumka ochildi va uning ichidan ovoz chiqarmay qo‘ygan bola olindi.

Uchastka noziri va tez yordam mashinasi chaqirildi. Shundan so‘ng tuman IIB va prokuratura vakillari ham yetib keldi. Go‘dak 5-shahar klinik shifoxonasiga ko‘rik uchun yetkazildi. Bola mutlaqo sog‘lom bo‘lib chiqdi.
Huquq-tartibot idoralari vakillari ayol bolani tug‘ruqxonada emas, balki boshqa biror yerda dunyoga keltirgani, so‘ng uni tashlab ketganini taxmin qilmoqda. Militsiya xodimlarining qayd qilishicha, itlar iz olgan, ammo izlar chorrahada yo‘qolgan. Shunday qilib, go‘dakning biologik onasi hali ham topilgan emas.

Tezkor xodimlarning axborotiga ko‘ra, tumanda oxirgi vaqtlarda shu kabi to‘rtinchi holat kuzatilishi. Bunday ishga qo‘l urgan ayollar odatda mahalliy aholi vakillari emas — ular ko‘pincha Toshkent viloyatidan kelib, yangi tug‘ilgan go‘daklarni sumkada qoldiradi va qaytib ketadi.
Просмотров (363)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar