Главная » Sevara Nazarxon kam intervyu berishi sabablarini ma`lum qildi
(O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon OAVlarga kam intervyu berishi sabablariga to`xtaldi.

“Ijodimning ayrim pallalarida ma`murimdan intervyu bermaslikni, bunaqa takliflarni qabul qilmasliklarini iltimos qilaman. Ijodimda biror yangilik bo`lmaganida, yangi albom chiqayotgan bo`lmasa, yangi konsert berayotgan bo`lmasam, shunday qilaman.



Aravani qurqu olib qochish bilan o`quvchilarni ham, tinglovchilarni ham urintirib qo`yishni istamayman. O`zbekistonda juda ko`pdan beri yangi albomim chiqqani yo`q, konsert ham berganim yo`q. Nimalar haqida intervyu berishim mumkin? Musiqadan tashqari narsalar haqidami?

‘Siz yoqtirgan taom qaysi?’, ‘Choyni xush ko`rasizmi, ayronnimi?’, ‘Siz yoqtirgan taom qaysi?’, ‘Kun tartibingiz qanday?’ degan savollarga javob berishni yoqtirmayman.

Boshqa san`atkorlar haqida nima o`ylashim va shunga o`xshash savollarni ham jinim suymaydi. Va, aksincha o`zbekcha albomim chiqsa yo Toshkentda konsert bersam, xursandchilik bilan, kerilib, o`zim bu haqda so`zlab beraman. Bitta narsaga ishoning va eslab qoling: o`zim hammangizni intervyu berishga chaqiraman!”,—deydi xonanda “Uzbekistan airways” jurnaliga bergan intervyusida.

Ma`lumot uchun, Sevara Nazarxon “Milliy tv” telekanalining ochilish marosimiga bag`ishlab suratga olingan ko`rsatuvda ishtirok etdi. Ko`rsatuv 1-sentyabr kuni efirga uzatiladi.
Просмотров (93)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar