Главная » Sevara Nazarxon Rio-2016 qahramonlari bilan selfi tushdi(Foto)
(O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon Andijon viloyatida o`tkazilayotgan mustaqilligimizning 25 yilligi bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda.

Xonanda Rio-2016 qahramonlari Ruslan Nuriddinov va Xasanboy Do`stmatov bilan tushgan selfisini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirdi. “Bizning chempionlar kamtar, yosh va kuchli”, deya izohladi xonanda suratni.



Shu o`rinda Ruslan Nuriddinov ham o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Sevara Nazarxonga minnatdorchilik bildirdi. "Orzular ushaladi. Rahmat sizga, Sevara opa", deb yozdi Ruslan o`zining Instagram`dagi sahifasida.
Shuningdek, Sevara barchani mustaqilligimizning 25 yilligi bilan muborakbod etdi.
Просмотров (222)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar