Главная » Sevinch Mo`minova: “Hayotimga umuman aralashmang”
(

Xonanda Sevinch Mo`minova shaxsiy hayoti bilan qiziqayotganlanlarga o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali javob qaytardi.

Sevinch saytlardan birida chop etilgan intervyudagi “Sharofni kechirasizmi?” degan savolga qaytargan javobini Instagram`dagi sahifasiga joyladi va unga quyidagi izoh qoldirdi:

“Sharofni kechiring, oilangizni saqlab qoling, deb bilib bilmay xulosa chiqarib, g`ashimga tegayotganlar uchun bu mani javobim, buni o`qib to`g`ri xulosa chiqarib olasizlar degan umiddaman! Oila nafaqat ayol uchun, erkak kishi uchun ham muqaddas bo`lishi kerak! Oilani saqlab qolish mas`uliyati faqatgina ayol kishining qo`lida emas! Qars ikki qo`ldan chiqadi! Men uchun oila har doim muqaddas bo`lib kelgan va o`zimni dunyodagi eng sabrli ayollardan biriman, deb ayta olaman, Allohga shukur! Alloh har kimga insof bersin! Hayotimga umuman aralashmang, men ommaga hech qachon shaxsiy hayotimni olib chiqmaganman!”.

Xonandalar Sharof Muqimov va Sevinch Mo`minova 2010 yil 4 avgust kuni turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizlari bor.

Bundan avvalroq Sevinch turmush o`rtog`i Sharof Muqimov bilan munosabatlariga putur etayotganiga ishora qilgan edi.
Просмотров (275)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar