Главная » Sevinch Mo`minova shou-biznes vakillari bilan do`stlashmasligiga izoh berdi
(

Xonanda Sevinch Mo`minova shou-biznes vakillari bilan yaqin do`st tutinmasligining sabablari haqida gapirdi.

“Men ko`proq vaqtimni ijod, uy va bola tarbiyasiga ajrataman. Menda dugonalarim bilan restoranda uchrashish, aylanishga chiqish degan narsalar yo`q. Balki bu mening hayotimdagi minusdir. Balki men ham qo`shilishim kerakdir, dugonalarim bilan “gap” o`ynashim kerakdir. Bilmadim, men uchun asosiy narsa oilam, ijod va farzand tarbiyasi. Bo`sh vaqtim bo`lsa uni qizim bilan o`tkazaman. Uni bolalar maydonchasiga olib boraman. Yoki ro`zg`orning kamchiligini to`ldirish uchun supermarketga borib, narsa xarid qilaman. Mening hayotim shundan iborat. Shuning uchun ham shou-biznes vakillari bilan do`stlashmagandirman. Unday holda men ko`proq vaqtimni ko`chada, o`yin-kulgu qilib, ular bilan ko`rishib o`tkazishimga to`g`ri keladi. Men bunday narsalarga vaqt ajratmaganman. Ba`zan yig`ilib, birga o`tirib vaqt o`tkazayotgan hamkasblarimga xavasim keladi. ‘Hamma narsaga vaqt topadi-ya,bular’ deb qo`yaman. Men esa bo`sh vaqtim bo`lsa, yaxshisi qizim bilan uyda o`tirgim keladi. Uyda chiroyli ovqat qilib, qizim bilan yaxshi kino tomosha qilib vaqtimni o`tkazishni istayman. Menga shu hayot yoqadi”,—deydi Sevinch hamkasblari bilan yaqin dugona tutinmaganligiga izoh berar ekan.

Avvalroq, Sevinch turmush o`rtog`i Sharof Muqimov bilan alohida yashasa-da, o`zaro munosabatlari yaxshi ekanligini ma`lum qilgan edi.
Просмотров (313)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar