Главная » Shahzoda BAAda ham dam oldi, ham ishladi: “Milliarder”ning klipi deyarli tayyor
(

Xonanda Shahzoda BAAda hordiq chiqarish bilan birga, o‘zining yangi — “Billionaire” (“Milliarder”) nomli qo‘shig‘iga klip ham suratga oldirmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, suratga olish jarayonida Shahzodaning duetdoshi — ruminiyalik xonanda Dr. Costi ham ishtirok etgan. Klip rejissor Timur Pirimqulov tomonidan suratga olinmoqda.

Billionaire” — Shahzoda va Dr. Costi’ning birinchi ijodiy hamkorligi emas.

Bunga qadar ikki ijodkor “Moy zolotoy”, “Habibiy” kabi qo‘shiqlarni ham birgalikda ijro etgan.

Avvalroq xonanda Shahzoda BAAda oilaviy hordiq chiqarayotgani haqida xabar berilgan edi.
Просмотров (367)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar