Главная » Shahzoda Matchonova to`yi, bo`lg`usi turmush o`rtog`i va tanlagan kelinlik libosi haqida so`zlab berdi
(

Aktrisa Shahzoda Matchonova jurnalist Baxtiyor To`raxonov bilan “19:09” ko`rsatuvida suxbatda bo`ldi. Suxbat davomida Shahzoda bo`lajak to`yi, turmush yo`lini bog`lash uchun tanlagan insoni hamda baxt ko`ylagi haqidagi savollarga javob qaytardi.

“Turmush qurish qaroriga kecha yoki bugun kelganim yo`q. Men bu haqda ancha vaqt o`yladim va o`zimni bunga tayyor his qilganimdagina ushbu jiddiy qarorni qabul qildim. Turmush o`rtog`imni faqatgina oila a`zolarim va yaqinlarim taniydi. Uning shou-biznesga, mening ishimga aloqador joyi yo`q, u san`atning boshqa turi bilan shug`ullanuvchi oddiy inson. Tanlagan libosimga kelsak, avvallari bu haqda o`ylaganimda, minimalizmni, ya`ni ko`ylagimning bejirim bo`lishini istagan edim, tanlovga kelganda esa aksi bo`ldi. Men o`z didimga mos bo`lmagan libosda tanlovimni to`xtatdim. Ya`ni hashamdor libosni tanladim, u toshlar va boshqa bezaklar bilan bezatilgan. Aslida gap ko`ylakda ham emas, asosiysi insonning yuzida baxt bo`lsin! Har qanday kelin baxt oqshomida go`zal bo`ladi”, deydi Shahzoda.

Shahzoda Matchonovaning visol oqshomi 2016 yilning 25 noyabr kuni poytaxtimizning muhtasham restoranlaridan birida bo`lib o`tadi.
Просмотров (184)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar