Главная » SHAHZODA MUHAMMEDOVAGA XIYONAT QILISHDI
(

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova unga xiyonat qilishganidan arz qildi. Shahzoda bu haqda o`zining “Instagram”dagi sahifasida shu haqda yozib qoldirdi.

Ma`lumki, Shahzoda aktrisalikdan tashqari dizaynerlik faoliyati bilan ham shug`ullanib keladi, uning xiyonat bilan bog`liq posti ham aynan aktrisaning ushbu faoliyati bilan bog`liq. Shahzodaning bildirishicha, uning ishongan shogirdi xiyonat qilgan. Bu haqda u shunday deb yozadi:

“Shogirdlarga mehr bermang, bilim bermang, siringiz aytib, non berib, tuz bermang. Ular baribir buni bilmaydi, bir kun sizni sotib, xiyonat qilib ketadi. Shu kungacha 100 dan ortiq shogird chiqardim. O`ylaymanki, kasb-hunar sirlari insonni o`zi bilan qolgani ma`qul, faqat farzandga o`rgatilishi kerak. Shogird olmayman boshqa, shogird ichki sirni tashqariga olib chiqadi.”

Shunday qilib dizayner Shahzoda Muhammedova boshqa shogird tayyorlamaslikka qaror qildi.
Просмотров (167)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar