Главная » Sharof Muqimovning hayotida bugungi kun eng qadrli kun edi...
(

Sharof Muqimovning hayotida bugungi kun eng qadrli sana hisoblanadi.

Ushbu sana xotiralari haqida xonanda o`zining Instagramdagi sahifasi orqali bo`lishdi:

“Bugungi sana men uchun qanchalar qadrli va ertalabdan meni xarakatga keltiradigan, eng shirin so`zlarni o`ylab, sovg`alar olishga undaydigan ajoyib va mazmunli kun edi. Chunki bugun onajonimni tavallud ayyomlari edi. Ko`zlaridagi quvonchni aynan shu sanada ko`proq termulib, kuzatib anglab, ko`nglim xotirjam bo`lar edi. Bugun onajonim xayot bo`lganlarida 61 yoshlarini qarshilagan bo`lar edilar. Ming afsus... Onajonim o`zimni, Sizni qanchalar sog`indim. Sizni o`zim o`ylagandanda ziyoda yaxshi ko`rgan ekanman... Sizsiz, qalbi yarimlar doirasiga tushib qolgan bir ojizman... Sizni qo`msab, chala nafas olayotgan Sharofingizman... Dunyoni qanchalar poyonsiz desam, sizni quchog`ingizdan ancha tor ekan... Onajonim, nanajonim o`zimni. Sizni ich-ichimdan, butun vujudim ila sog`indim...”

Insonning hayotida onadayin ulug` zot yo`q! Insonni to`lqinlantirib yuboradigan Sharofning ushbu so`zlari, zero onasi bo`la turib, uning qadriga etmayotgan yurtdoshlarimiz uchun yana bir ota-onalarimiz qanchalar g`animatligini anglab etishiga turtki bo`lsa!

O`tganlarning ohiratlari obod bo`lsin!
Просмотров (191)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar