Главная » Shavkat Mirziyoev o`zbek san`atiga hissa qo`shayotgan iste`dod soxiblarini sanab o`tdi
(

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashgani haqida avval xabar bergandik.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev o`z saylovoldi dasturi yuzasidan ma`ruza qildi.

O`z nutqi davomida Shavkat Mirziyoev Toshkent milliy madaniyat va san`atiga hissa qo`shayotgan iste`dod soxiblarini sanab o`tdi.

“Buyuk san`atkorlar – Mulla To`ychi Toshmuhamedov, Yunus Rajabiy, Mannon Uyg`ur, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov, Karim Zokirov, Qudrat Xo`jaev, G`ani A`zamov, Zikir Muhammadjonov, Botir Zokirov, Ergash Karimov kabi o`nlab, yuzlab iste`dod sohiblari madaniyatimiz tarixida yorqin iz qoldirganini barchamiz yaxshi bilamiz.

Hozirgi kunda O`zbekiston xalq artistlari – Po`lat Saidqosimov, Rixsixon Ibrohimova, Yayra Abdullaeva, Elyor Nosirov, Afzal Rafiqov, Gulchehra Jamilova, Farruh Zokirov, G`ulomjon Yoqubov, Malika Ibrohimova, Xayrulla va Yodgor Sa`dievlar, Lutfulla Sa`dullaev, Ismoil Jalilov, Dilbar Ikromova, Gavhar Zokirova, O`zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy, taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar – Mahmud Ismoilov, Hojiakbar Komilov, Gulchehra Sa`dullaeva, Fatxulla Ma`sudov, Abduraim Abduvahobov, Abdulla Shomag`rupov, Rashid Xoliqov, Tohir Sodiqov kabi iste`dod sohiblari faol ijod qilib kelmoqda.

O`zbek zamonaviy tasviriy san`ati rivojiga O`zbekiston xalq rassomlari Chingiz Ahmarov, Malik Nabiev, O`rol Tansiqboev, Rahim Ahmedov, Jaloliddin Mirtojiev kabi marhum san`at ustalari buyuk hissa qo`shdilar. Atoqli rassom va haykaltaroshlarimiz Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Vladimir Burmakin, Ilhom Jabborov, Akmal Ikromjonov, mashhur xalq ustasi Ortiq Fayzullaevlarning ijodi haqida har qancha faxrlanib gapirsak, arziydi. ”
Просмотров (380)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar