Главная » Shavkat Mirziyoyev Antoniu Guterrishni BMT Bosh kotibi etib saylanganligi bilan tabrikladi
(
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Antoniu Guterrishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi etib saylanganligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Davlat rahbari o‘z maktubida O‘zbekiston BMTni butun jahon tinchligi va barqarorligini saqlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning ko‘plab murakkab muammolarini hal etish, izchil rivojlanishni ta’minlash va ekologiyani himoya qilishdagi universal xalqaro tuzilma deb hisoblashini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev BMTga a’zo davlatlarda barqaror va keng ko‘lamli rivojlanish bo‘yicha tashkilotga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda Antoniu Guterrishni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi hamda o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Просмотров (37)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar