Главная » Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etishni taklif qildi
(

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi sahifasida axborot berilgan.

Tadbirda taniqli madaniyat namoyandalari, shoir va adiblar, teatr, kino, musiqa san’ati sohasining atoqli hamda yosh vakillari, san’atshunos olimlar, jurnalistlar ishtirok etgan.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekkonsert” qoshida “O‘zbekiston xalq artistlari” klubini tashkil etish taklifini bildirgan.

“Ushbu klub a’zolari muntazam yig‘ilib, yurtimiz va jahon san’at olamida yuz berayotgan ijodiy jarayonlarni muhokama qiladi, yosh iste’dodlar tarbiyasi, madaniyatimizni ravnaq toptirish bo‘yicha yangi g‘oya, tashabbus va takliflar bildirib boradi”, — deyiladi xabarda.
Просмотров (88)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar