Главная » Shavkat Mirziyoyev pensiyalarni to‘liq, stipendiyalarning esa kamida yarmini naqd shaklda berish haqida qaror qabul qildi. Asosiy ma’lumotla
(

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. O‘zA mazkur qaror yuzasidan sharh berdi. “Daryo” mazkur sharhni to‘liq shaklda e’tiboringizga havola qiladi.
O‘zbekiston Prezidentining “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli va samarali himoya qilish, ular O‘zbekistonning barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratishga doir qat’iy choralar belgilangan.

Qaror mamlakat hududlarida ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar to‘lashdagi mavjud ahvolni tanqidiy tahlil qilish natijasida qabul qilingan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlar tahlili ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, to‘lovlarni plastik kartochkalarga naqdsiz shaklda asossiz ravishda o‘tkazish holatlari ko‘paygani hamda to‘lov terminallari va bank apparatlari tizimi yetarli darajada rivojlanmaganini ko‘rsatmoqda. Virtual qabulxona ish boshlagan 2016-yil 27-sentabrdan buyon 7 mingdan ortiq shunday mazmundagi murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu salbiy holatlarga barham berish maqsadida qarorda 2017-yil fevral oyidan boshlab, birinchidan, barcha turdagi pensiyalarni to‘lash hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi; ikkinchidan, 58 tog‘li va olis tumanlarda joylashgan byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash, shuningdek, ushbu tumanlar aholisiga ijtimoiy to‘lovlar ham hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi; uchinchidan, oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiya to‘lash 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda naqd shaklda amalga oshirilishi belgilangan. Shu bilan birga, Moliya vazirligi, Pensiya jamg‘armasi va pochta xizmati tashkilotlariga pensiyalarning uzluksiz, tegishli oyning 27-sanasidan kechiktirmay to‘lanishini ta’minlashga doir qat’iy topshiriq berilgan.

Hududlarda shakllangan ish haqini naqd shaklda hamda plastik kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lashdagi nisbatlar tanqidiy qayta ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda odamlar o‘z ish haqidan foydalanishda muammolarga duch kelmasligi va o‘zlariga kerakli tovar va xizmatlarni erkin xarid qilishlari uchun mavjud to‘lov terminallari infratuzilmasi hisobga olinadi.

Markaziy bank tijorat banklarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lashda yo‘l qo‘yilayotgan qoidabuzarliklar va kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etishga doir ishlarini tashkil etishi lozim. Birinchi talabga binoan pul mablag‘lari xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlaridan hech qanday moneliksiz berilishini ta’minlashi zarur.

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi Bosh prokuratura tomonidan qat’iy nazoratga olinadi. Shuningdek, Bosh prokuratura tijorat banklari mansabdor shaxslarining belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi to‘g‘risidagi qonunchilik normalarining amalda qo‘llanilishini o‘rganadi. Shu bilan bir qatorda, qarorda tijorat banklarini ish haqi, pensiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash uchun kerakli naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlash maqsadida pul mablag‘larining savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidan to‘liq va o‘z vaqtida tijorat banklari kassalariga topshirilishini ta’minlashga qaratilgan hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keladigan tizimli kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

“Prezident qarori ijrosini ta’minlash ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq vaziyatni tubdan yaxshilash va fuqarolarning o‘z pul mablag‘larini o‘zlariga qulay shaklda olish bo‘yicha qonuniy huquqlarini to‘la ta’minlashga xizmat qiladi”, — deyiladi O‘zA tomonidan e’lon qilingan sharhda.
Просмотров (986)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar