Главная » Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga Istanbuldagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi
(

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va qardosh turk xalqiga Istanbul shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lganligi munosabati bilan ta’ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Davlat rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg‘ularini yetkazib qo‘yishni so‘radi. Jarohat olganlarga qisqa muddatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Istanbuldagi tungi klubda uyushtirilgan hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, 69 kishi yaralandi.
Просмотров (186)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar