Главная » Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga hamdardlik bildirdi
(
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Italiyaning Verona viloyatida Vengriya fuqarolari bo‘lgan avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan, Vengriya prezidenti Yanosh Aderga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston rahbari o‘z maktubida samimiy ta’ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg‘ularini yetkazishni so‘radi.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, Italiyada 21-yanvarga o‘tar kechasi Fransiyadan Vengriyaga ketayotgan sayyohlik avtobusi ko‘prikning ustuniga urilib, yonib ketdi.

Yo‘lovchilar orasida 14—18 yosh oralig‘idagi o‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilar — jami 55 kishi bo‘lgan. OAV axborotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan.
Просмотров (196)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar